Bahorgi ingliz tili oromgohi (Oqtosh)

Bolalar uchun UzCamp bahorgi oromgohi, Toshkent viloyatining tog’ yonbag’ri, so’lim go’shalaridan biri bo’lgan Oqtosh hududida bo’lib o’tadi. Toshkent shahrida oldindan belgilangan jo’nash joyida farzandlaringizni mas’ul “vojatiy”lar qabul qilib oladi. Bolalar 4 kishilik ozoda yotoqxonalarga alohida yosh kategoriya bo’yicha, qiz bolalar va o’g’il bolalar binolariga joylashtiriladi. Oromgoh kompleksida bolalar ochiq va yopiq sport kompleksi, kompyuter va kutubxona xizmati, doimiy medxizmat mavjud. Kunlik 4 mahal ratsional ovqatlanishlari ta’minlanadi. Ertalab ingliz tilida notiqlik va “speaking club”lar chet ellik mutaxasislar tomonidan tashkillashtiriladi. Mashg’ulotlar farzandingiz zerikishdan holi bo’lishi, faol qatnashishi, o’zaro do’stona ruhda bo’lishi uchun jamoaviy aqliy o’yinlarga asoslangan holda tashkillashtiriladi. Tushdan so’ng bolalar qiziqishlari bo’yicha amaliy san’at, sport musobaqalarida qatnashishadi. Kechki dasturlarda asosan “UzCamp’s got talent” va boshqa bolalar iqtidorini yuzaga chiqarishga qaratilgan quvnoq dasturlarni o’z ichiga oladi. Lager yakunida “Xayrlashuv” kechasi bolalarga nominatsiyalari bo’yicha va ishtirok etganlik to’g’risida sertifikatlar, hamda sovg’alar topshiriladi.

  • Bahorgi ingliz tili oromgohi davomiyligi: 10kun
  • Sanalar: 21.03.2020 – 30.03.2020
  • Yo’llanma to’lovi: 1 600 000 UZB so’m

Yo’llanma o’z ichiga nimalarni oladi:

  • Tranport (Toshkent shahridan boshlanadi)
  • 4 kishilik yotoqxonalarga joylashish
  • 4 mahal kunliq ratsional issiq ovqat
  • Ingliz tili mashg’ulotlari (notiqlik)
  • «Vojatiylar»
  • Tabiat qo’yniga sayohat (camping/hiking)
  • Ko’ngilochar dasturlar

Dastur davomida:

  • Ingliz tili mashg’ulotlari (notiqlik)
  • “Hogwarts kuni”
  • “Speaking club”
  • Karaoke
  • Voleybol
  • Varrak yasash va milliy o’yinlar
  • Quvnoq rang tasvir
  • Fotosessiya
  • Stol tennis
  • Jamoani shakllantiruvchi o’yinlar
  • Quvnoq startlar
  • Tabiat qo’yniga sayohat
  • “Yo’qolgan xazina” kvest
  • “Sumalak bazmi”

Va boshqa ko’ngilochar dasturlar

4 kishilik yotoqxona
Teambuildings
Ingliz tili darslari
Kechki dasturlar

    Bu Lagerga Online Ariza Berish!