faqat lagerda qilish mumkin bolgan mashg’ulotlar

Mavsumiy oromgohlar bolalar uchun yangi narsalarni o’rganish, yangi ko’nikmalarni orttirish va turli tadbirlarda o’zlarini sinab, o’zlariga bo’lgan ishonchni orttirish uchun juda yaxshi joy. Bu bolalarning birinchi marotaba chodir tiklashimi yoki birinchi marotaba via ferratadan yurib o’tishimi, bulardan qat’i nazar, bolalar lagerda ular uyda va maktabda qila olmaydigan mashg’ulotlarda o’zlarini sinab ko’rishadi. Lagerdagi ta’tilingiz yangi tajribalarga boy bo’lishi aniq! Bolalar lager dasturimizga kiritilgan eng oddiy 5 ta shunday misollarni quyida keltirib o’tamiz:

1.Fonusli osmon

Xavfsiz, tabiatga zarar yetkazmaydigan materiallardan ishlangan qog’oz fonuslar kechki dasturlardan so’ng bolalar kichik guruhlarga bo’linib, qog’oz fonuslar tayyorlashadi. Ularga o’z niyatlarini yozib baravar uchirishadi. Ushbu mashg’ulot bolalarda o’zaro do’stona ko’tarinki kayfiyat uyg’otadi. E’tiborlisi bu siz uyda va maktabda qila olmaydigan mashg’ulot.

2.Ranglar o’yini

Lagerlarda ba’zan sipolikni unitib, yengil, hech kimga zarar tegmaydigan sho’xlik ham qilib turish mumkin. Lager dasturlarimizdan o’rin olgan ushbu kichkina sho’xlikni uyda va maktabda takrorlashni tavsiya etmaymiz)))

3.Chodir tiklash

Jamoaviy birga harakatlanish, tabiat va inson o’zaro yaqinligini bolalarga tanishtirishda chodir tiklash mashg’ulotlari ancha yordam beradi. Dam olish kunlariga mo’ljallangan ushbu mashg’ulot uchun maktab va uydan ko’ra tabiat qo’ynida joylashgan oromgohlar ko’proq mos keladi.

4.Sol yasash

Yana bir kichik guruhlarda amalga oshiriladigan, maktab va uyingizda qila olmaydigan lager mashg’ulotimizdan biri bu o’z solingizni yasash va amalda sinash. Ushbu mashg’ulot imkoniyatga qarab materiallardan foydalaniladi. Ushbu solning shishiriladigan tayyor soldan farqli tarafi shundaki uni o’z kreativligingizni ishga solib, guruhingiz bilan birgalikda yasashingizdadir. Shu jihatdan ham bu mashg’ulot hayotingizda unutilmas tajriba va xotira bo’lib qoladi. Undan foydalanganingizda esa o’z iqtidoringizga bo’lgan ishonch yanada ortadi. Sinab ko’ring, ishoning bu juda qiziq!

5.Hogwarts kuni

Ko’pchilik bolalar o’z bolalik davrini Harry Potter filmini ko’rmasdan yoki kitobini o’qimasdan tasavvur qila olmaydi. Harry Potter kunini esa makdabda va uyda tashkillashtirish balki mumkindir, biroq uning tajribasini esda qolarli qilib tashkillashtirish uchun bolalar lagerida imkoniyat va muhit yaxshiroq sanaladi. Eng muhimi esa bularning bari samarasini bolalarning ta’tildan keyingi o’qishida faolligining oshganida ko’rishingiz mumkin.