Lagerning ilk kuni uchun 5 ta Jamoaviy o’yin

«Muzyorar» o’yinlar bu treninglar, o’quv mashg’ulotlari, masterklaslar yoki boshqa tadbirlarda qatnashchilarini jamoa sifatida bir biri bilan yaqinroq tanishib olishlari va suhbatni qizitish uchun ishlatiladigan faoliyat, o’yin yoki tadbir. Nimaga aynan «Muzyorar»? Yangi muhit, yangi insonlar davrasi ilk kunlari nafaqat bolalar ba’zan kattalarda ham o’z qobig’idan chiqolmay turish holatini yuzaga keltiradi va ular muzlab qolgandek harakatsiz bo’lib qolishadi. Bu lager dasturi dastlabki kunlari uchun ham muhimdir. Chunki lager dasturlarimizning ilk kunidanoq bolalar o’rtasida do’stlik muhitini o’rnatib olishimiz hamda ko’tarinki kayfiyatga tezroq erishish muhimdir. Quyida 5 ta eng oddiy «muzyorar» o’yinlarni keltirib o’tamiz:

1) «Konfetli muzyorar»

Nimalar kerak bo’ladi?

Yetarlicha konfet (taxminan 5 tadan har bir ishtirokchiga).

Maqsad

Yangi jamoa bir-birini yaxshi bilib olish. Birinchi kun uchun yaxshi «starter»

Ta’rif

Bitta idishga yetarlicha konfet qo’ying. Bolalar undan olishini ayting (maksimum 5 ta, kattaroq guruh bo’lsa 3 tagacha). So’ngra, har bitta ishtirokchi olgan har bitta konfeti uchun o’zi haqida bitta fakt aytib tanishtirishi lozim. (masalan: Agar «Zarina» 5 ta konfet olsa, o’zi haqida 5 ta fakt bilan o’zini tanishtirishi lozim.)

2) Zefir yoki popkornli muzyorar

Nimalar kerak bo’ladi?

Zefir yoki popkorn, tish kavlagich

Maqsad

Eng katta konstruksiya qurish va bolalar bir jamoa bo’lib harakat qilishga undash, kreativligini oshirish

Ta’rif

Lager ishtirokchilari guruhlarga bo’linib, popkorn yoki zefir hamda tish kavlagichlardan eng katta konstruksiyani yasashi talab etiladi. Eng tez va sifatli tugatgan jamoa g’olib bo’ladi.

3) Gapiruvchi doira

Nimalar kerak bo’ladi?

Arqon ip va ko’z bog’lash uchun lenta.

Maqsad

Ushbu o’yin jamoadoshlar o’rtasida to’g’ri muloqot, o’zaro hamjihatlik va yetakchilikni shakllantirishni maqsad qiladi.

Ta’rif

Ishtirokchilardan uchidan bog’lab qo’yilgan uzun ipning atrofida bir doira ichida turib olish talab qilinadi. Keyinchalik jamoadan turli shakllar (kvadrat, uchburchak, 8-rasm, to’rtburchaklar va boshqa) yaratish so’raladi.

Qiyinchilik darajasini oshirish uchun a’zolardan ko’zlari bog’langan holda mashqni takrorlash talab qilinadi. Vazifalarning murakkabligini yanada oshirish uchun guruhning tasodifiy a’zolari turli vaqtlarda gapirish cheklanadi, bu esa muloqotni qiyinlashtiradi. Ushbu faoliyat guruhdagi yetakchilik va ishonch darajasini sinovdan o’tkazadi.

4) Tug’ilgan kun bo’yicha saf tortish

Maqsad

Ushbu tezkor va oddiy o’yin muammoni hal qilish, bir birini tanib olish va hamkorlikka yo’naltirilgan mashg’ulot.

Ta’rif

Ishtirokchilardan ketma-ket saf tortish so’raladi. Keyin ulardan tug’ilgan kunlar tartibini (faqat oy va sanani hisobga olgan holda) tartiblashtirishlari so’raladi. Muammo shundaki, guruh a’zolari umuman gapira olmaydilar. Ular bir-birining tug’ilgan kunini belgilash uchun imo-ishora tillari,mimika va boshqa texnik vositalardan foydalanishlari mumkin.

5) Cho’lda omon qolish

Cho’lda omon qolish bo’yicha jamoani shakllantiruvchi o’yin

Maqsad

Ushbu topshiriq umumiy foyda uchun birgalikda ishlashning klassik usulidir va jamoaning mantiqiyligi va muammoni hal qilish ko’nikmalarini sinovdan o’tkazadi.

Ta’rif

Guruhga samolyot halokatga uchragan ssenariy beriladi. Ishtirokchilarga omon qolish va qutqarish uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar ro’yxati keltiriladi. Berilgan ro’yxatning ahamiyatlili darajasi asosida ishtirokchilar avvalo ro’yxatdagi buyumlarni alohida-alohida va keyin esa guruhlar bilan birga saralashadi. Ushbu 30-40 daqiqalik o’yin yakka tartibdagi va jamoaviy tanlov o’rtasidagi farqni aks ettirishga yordam beradi. Shuningdek, u bo’lalarda o’z pozitsiyasini saqlash va asoslashni ham rivojlantiradi.