Nima uchun bolalarga mavsumiy lagerlar muhim???

Farzandingiz uchun mavsumiy lagerlarning 5 ta eng muhim foydali jihatlari.

Har bitta bola maktab davri mobaynida hech bo’lmaganda bir marotaba mavsumiy lagerlarda qatnshishi kerak. Mavsumiy lagerlar bolalar hayotidagi eng qiziqarli, unutilmas voqealardan biri bo’lishi mumkin. Lager bolalarga o’zini hurmat qilish va hayotni qadrlashni o’rgatadigan, g’amxo’r murabbiylar jamoasi eksperimental ta’lim beradigan maskan. Lagerda bolalar yangi do’stlar orttirish, unitilmas xotiralar bilan qaytishdan tashqari, ko’plab muhim hayotiy ko’nikmalar o’rganishadi. Bolalar psixologlari lagerlarning farzandingiz rivoji uchun foydali jihatlarini ko’pligini ta’kidlab kelishadi. Quyida siz uchun 5 ta eng muhim jihatini keltirib o’tamiz. 

1)     Lagerlar bolalar o’zidagi noyob iqtidorini topish va rivojlantirishga yordam beradi

Mavjud barcha maktablar ham farzandingiz uchun davlat tomonidan belgilangan, tasdiqlangan darslarga asoslangan, ba’zan bolalar bundan zerikishni his etishi mumkin. To’g’ri, maktablar qoshida mavjud to’garaklar ham farzandingiz iqtidorini kashf etishi uchun muhim. Biroq shuni unutmangki, bolangiz uchun shundoq ham uy vazifalari yetarli bir paytda siz qo’shimcha vazifalar yuklayotgan bo’lasiz. Ko’pchilik lagerlar esa bolalar qisqa ta’til muddatida bo’lsa ham farzandingiz uchun uy vazifalarsiz til, san’at, musiqa, sport va sog’lomlashtirish mashg’ulotlari, ratsional ovqatlanish hamda kun tartibini, video va fotagrafiya, ekstremal tog’ va ekoturizm mashg’ulotlarini kafolatlaydi. Bu esa farzandingiz dunyoqarashining ortishida muhim o’rin tutadi. Eng muhimi belgilangan muddatni zerikishlardan holi tarzda foydali o’tkazadi.

2)      Ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirish.

Lager bolalarga muloqot kirishishni, jamoaning bir qismi sifatida ishlashni va yetakchilik qobilyatini o’rgatadi. Yetakchilik lagerdan boshqa joylarda topilishi qiyin bo’lgan majburiyatlarni bajarishni so’rash orqali rivojlantiriladi, shu bilan birga bolalarda yangi muhitga diqqat e’tibori yuqori bo’ladi yangi  jamoada ishlash va ishtirok etish, o’z o’rnini topib olish istagi bu jaraytonda katta yordam beradi.

3) Qiyinchiliklarni yengib o’tish va mehnatning qadrini bilish.

Bolalar lagerda o’zlarini xavfsiz his qilganliklari sababli, yoshlar sog’lom muhitda yangi eksperimental va extremal mashg’ulotlarda qo’rqmasdan qatnashadi. Lagerda bolalar xohlagan mashg’ulotlarni bajarish uchun astoydil harakat qilish va hech qachon taslim bo’lmaslikning muhimligini bilib olishadi.

4) Sog’lom xarakter shakllantirish

Lager yangi do’stlar orttirishdan tashqari, bu munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun zarur bo’lgan fazilatlarni o’rgatadi. Lager bolalarga etika, halollik, g’amxo’rlik, hurmat va mas’uliyatni  o’rgatish orqali kuchli va axloqiy shaxsga xos jihatlarni, qadriyatlari shakllantiradi. Statistik tadqiqotlarga ko’ra, ko’pchilik ota-onalar lagerdan keyin farzandlari ularga nisbatan yanada mehribon bo’la boshlaganini, o’zlari to’g’ri deb bilgan narsaga dadilroq harakat qila boshlaganini, ko’proq mas’ulyat his eta boshlagani, uy ishlardida faolroq bo’la boshlaganliklarini, gigiyena, ovqatlanish masalalariga ham alohida e’tibor qarata boshlagankilklari qayd etishgan.

5)     Lagerda bolalar kreativlik, ijodiy erkinlik va obektiv fikrlashni o’rganishadi..

Tabbiyki, lagerlardagi musiqa, san’at, modellashtirish, fotografiya, montaj, kompyuter animatsiyasi, sport va boshqa ijodiy mashg’ulotlar bolalarda kreativlik, ijodkorlikni shakllantiradi. Bitta vazifani ko’pchilik bo’lib amalga oshirilishi yangi ijodiy fikrlar shakllanishini rag’batlantiradi.

Umumiy qilib aytganda har bitta bola maktab davri mobaynidagi eng unitilmas xotiralarning ko’pchiligi maktab ta’tillari paytidagi lagerlar sanaladi. Ko’pchilik bolalar lageri deganda faqat yozgi bolalar lageri bilan cheklanib qolishadi, biroq aslida dunyo miqyosida har bitta ta’til mavsumining o’ziga xos bolalar lagerlari hamda o’ziga xos mashg’ulotlari mavjud. Bu haqida keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz.