Biz Haqimizda

Bizning kompaniyamiz siz va oilangiz uchun ajoyib dasturlarni yaratishga intilayotgan faol yosh jamoadir. UzCamp jamoasi o’z faoliyatining asosini yoshlar auditoriasiga qaratadi hamda ikkita asosiy yo’nalish – o’quvchi va talabalar uchun lagerlar tashkillashtirish va chet eldagi maktab internatlarda o’qishni istovchilar uchun konsalting xizmatlarini ko’rsatadi. Firmamiz faoliyatida eng muhim jihat esa, bu sizning ishonchingiz hamda farzandlar xavfsizligingizdir.

CHET ELDAGI O’QUV-SAYOHAT DASTURLARIMIZ

Yoshlar turizmi yosh jihatni e’tiborga olib massiv turizmdan ajratgan holda yondashuvni to’gri deb bilamiz. Biz uchun sizning ishonchingiz muhim. Agarda siz bizning chet-el lagerlarimizni tanlasangiz biz sizga va farzandingizga shunchaki, turist emas balki, haqiqiy sayyoh bo’lishga undaymiz. Har bitta chet el lager dasturimiz, aktiv mashg’ulotlar hamda ekskursiyalar bilan band qilingan. Bu esa farzandlaringiz tashrif davomida maksimal darajada tajriba olishi, yangi davlat madaniyati, tarixi, hayot tarzi bilan tanishishini, boshqa davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan do’stlashishini kafolatlaydi. Zero har bitta mamlakatning tashrif buyirishingiz qat’iyan tavsiya qilinadigan joylari, tatib ko’rishingiz qat’iyan tavsiya qilinadigan taomlari va tomosha qilishingiz lozim bo’lgan urf-odat va festivallari mavjud. Biz esa tashrif buyurgan mamlakatingizni faqatgina mehmonxonasida yashab qaytishingizni tavsiya etmaymiz shu boisdan biz bilan faol o’quv-sayohat ta’til dasturlarga qo’shiling.

O’ZBEKISTONDAGI LAGERLAR

O’zbekistonda joylashgan ingliz tili oromgohlaridan eng yaxshilarini siz uchun havola qilamiz. Shuningdek o’zimiz tashkil etayotgan «UzCamp» ingliz tili oromgohiga taklif qilib qolamiz. Malakali mutaxasislar, uy vazifasidan holi ingliz tili mashg’ulotlari, ko’ngil ochar dasturlar, ozoda 4 kishilik yotoqxonalar, ratsional 4 mahal ovqat va so’lim tabiat farzandingizga maktab ta’tilini maroqli va foydali o’tkazishga ko’maklashadi.