Indoneziyada ingliz tili lageri

Ko’pchilik tomonidan Indoneziyaning Bali oroli dunyodagi eng maroqli dam olish maskanlari sirasida tan olingan. Nimaga aynan shundayligi sababi esa oddiy! Turfa tipdagi ideal plyajlari, o’ziga rom etuvchi dengiz osti dunyosi-yu qirg’oqqa yaqin marjonqoyalari, dunyo standardlaridagi tabiiylik va zamonaviylikni uyg’unlashtirgan eko villalar-u rezortlar, kokos palmalari oralab joylashgan sholi terassallari-yu yovvoyi tabiati, o’z milliy odatlarini saqlab qolgan mehmondo’st aholisi, jilvakor madaniyati, minglab ko’ngil ochar maskanlar  aynan bitta orolda mujassamligi, orolning jozibadorligini ta’minlab kelmoqda.

Bahorgi ta’til davomiyligi: 2 hafta

Tur paket to’lovi: 1 100 USD dan boshlanadi

Tur paket o’z ichiga nimalarni oladi:

  • O’quvchilar ta’til davomida barcha qulayliklarga ega 3 yulduzli rezidensiya yoki villalarda yashaydi.
  • Ertalabdan tushlikkacha ingliz tili darslarida qatnashishadi (ingliz o’qtuvchi tomonidan).
  • Tushlikdan so’ng orol bo’ylab sayohatga chiqiladi.
  • Surfing mashg’ulotlari
  • Safar davomida 3 mahal issiq ovqat, tropik mevalar.
  • Hamkor tashkilotlar talabalarni aeroportdan kutib olib kuzatib qo’yadi.
  • Ekskursiyalar va turistik joylarga kirish biletlari
  • Bali Safari

Tur paket to’lovidan tashqari qo’shimcha to’lovlar:

Firma to’lovi: 500 000 so’m

Aviabilet: taxminan 840 USD

Ingliz tili darslari
Bali Safari
Surfing mashg’ulotlari
Mahalliy uslubdagi rezidensiya

    Bu Lagerga Online Ariza Berish!