Inson nega sayohat qiladi?

Qadim zamonlardan beri inson va tabiat uyg’unlikda yashab kelgan. Insonlar sayohatning ahamiyatini qadrladilar. Qadimdan ajdodlarimiz ko’rgan kechirganlarini, undan boshqalar ham bahramand bo’lishlari uchun sayohatnomalarga muhrlab ketishgan. Sayohatning eng katta afzalliklaridan biri shundaki, u sizni biz yashayotgan dunyoning ilgari hech qachon duch kelmagan yangi maskanlarini sari olib boradi. O’z ichki dunyoyingizda fikr qilib yaratganning karomatiga yanada amin bo’lasiz. Sayohat sizga turli madaniyatlar, turli an’analar va o’ziga xos turmush tarzi bilan tanishish imkoniyatini beradi. Siz sayohat davomida, o’zingiz uchun yangi dunyolarni kashf qilayotib, nafaqat ularning turmush tarzi va xatti-harakatlaridagi farqlarni, balki bizni birlashtiradigan narsalar to’g’risida ham o’ylab ko’ring. Ushbu holat nafaqat fikringizni kengaytiradi, balki sizning haqiqiy shaxsingizni yuzaga chiqarishga imkon beradi. Shunchaki turist bo’lmang, balki haqiqiy sayyoh bo’ling. O’zingizni alohida qolipda solib qo’ymang, aksincha muloqotga kirishishga harakat qiling. Tilni yaxshi bilmaslik muammo emas, oddiy so’zlar ishlating, mimika, non-verbal muloqot. Shundagina siz sayohatning haqiqiy zavqini his qila boshlaysiz, o’z sayohat hikoyangizni yarata boshlaysiz. Shunchaki yangi manzilingizda mehmonxonada yashab ortga qaytmang, buni uzoqqa bormasdan ham qilish mumkin. Har bitta manzilga borganingizda o’zining top tavsiya etiladigan mashg’ulotlari, ramziy joylari mavjud. Ularni o’zingiz uchun kashf eting. Siz qanaqa uslubdagi sayohat tanlashingiz (budjet sayohat, dabdabali “all inclusive” oddiy backpacking), tashkiliy bosh og’iqlardan o’zingizni xalos qilib tur firma xizmatlaridan foydalanasizmi yoki o’zingiz barchasini tashkillashtirasizmi bu ham sizning ixtiyoringizda. Qanday yo’l tutishingizdan qat’iy nazar sayohat siz uchun yetarlicha ijobiy o’zgarishlar taqdim etadi. Quyida ayrim muhim ijobiyliklarni keltirib o’tamiz:

1) Sayohat stressdan xalos etadi.

Har bir ishda yetarlicha stresslar bo’ladi va ba’zan inson o’zi uchun barcha muammolarni vaqtincha ortga tashlab turib, mutlaqo yangi muhitda o’zini ruhiy tiklab olishi uchun vaqt ajratishiga ehtiyoj sezadi. O’sha payt sayohat sizga aynan shu imkoniyatni taqdim etadi. Manzilingiz uzoqmi yoki yaqinmi bunisi ahamiyatsiz. Muhimi yangi insonlar, iloji boricha farqli tabiat va rangin madaniyatga ega manzil tanlang.

2. Sayohat sizni yanada tarbiyalaydi.

Sayohat sizga ko’plab yangi narsalarni o’rganishingiz uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. To’g’ri, siz sayohatga oid kitoblar o’qib ham yangi manzillar haqida bilimga ega bo’lishingiz hattoki yaxshiroq o’rganishingiz mumkin, ammo yuzingizga tushayotgan quyoshni, sochlaringizni o’ynayotgan shamolni, dengiz hidi-yu, qorli tog’lar manzarasi,dimog’ingizni qitiqlovchi ko’cha taomlari, siz avval duch kelmagan festivallardani jonli muhitda o’zingizni his qilish bilan hech narsa solishtirib bo’lmaydi. Tuproq ustida turganingizda, siz o’qiganlarning narsalaringizni hayotda his qilishni hech narsaga almashtirib bo’lmaydi.

Ko’p sayohatchilar o’zlarini o’rab turgan narsadan qo’rqib, har qanday tajribadan qochishadi. Sayohat paytida siz nafaqat yangi joylar haqida bilib olasiz, balki dunyoning turli burchaklarida yashaydigan va sizdan juda farq qiladigan odamlar bilan munosabat qilishni o’rganasiz. Sayohatingizda, geografiyaning xilma-xilligi, madaniyat, tarix, tabiat haqida ko’proq bilib olasiz. Yangi tillarni tinglash, turli xil yangi ovqatlar, ichimliklar iste’mol qilib, o’z navbatida retsepini ham o’rganilb olasiz.

3. O’zingizni qayta kashf etishga yordam beradi.

Sayohat qilayotganda, turli xil odamlar bilan aloqada bo’lish zarurati sizni o’zingizning egoingizdan ozod qiladi va siz uchun qiziqarli muloqotlar keltirib chiqaradi. Jarayon davomida siz o’zingiz ishonganingizdan ham ko’proq narsani qilishga qodir ekanligingizni kashf etasiz. Sayohat paytida, orttirgan tajribangiz sizga hayotga yanada ochiq bo’lishga, ko’ngli keng bo’lishingizga yordam beradi.

Hayotda ko’pni ko’rgan, ko’proq yo’l bosib o’tgan odamlar muammo va qiyinchiliklarni yengish qobiliyati yuqori bo’lishdan tashqari, o’zgarishlarga ko’proq moslasha oladigan bo’ladi.

4. O’zaro munosabatlarni mustahkamlaydi

Odatdagi kundalik turmushda har doim ham oilangiz bilan vaqt o’tkazishga, birgalikda rohatlanish har doim ham vaqt topa olmaysiz. Yaqinlaringiz va qadrdonlaringiz bilan sayohat sizga oilaviy munosabatlaringizni jonlantirish va faollashtirishga yordam beradi. Siz butun oilaviy sayohat davomida qadrdonlaringiz bilan har doimgidan ham yaqinroq bo’lasiz. Oila a’zolari bilan birgalikdagi sayohat xotiralari oilaning har bitta a’zosi xotirasida unitilmas bo’lib qoladi. Hattoki bu baxtiyorlik sayohatdan keyin ham ancha muddat davom etadi. Oila a’zolari har gal uni eslaganda bu hissiyot yana takrorlanadi. Farzandlar yoki ota-ona bir-biriga mamnunlik hissi ortadi. Avval ta’kidlaganimizdek buning uchun atay ko’p mablag’ sarflash yoki dabdaba bo’lishi shart emas. Agar bunga imkoningiz bo’lsa yaxshi, ammo imkoningiz faqat nisbatan cheklangan bo’lsa, hech ham xavotirlanmang. Oddiy bahavo tabiat qo’yniga kunlik sayohat qilishingiz, kun botishini birgalikda tomosha qilishingiz ham siz va oilangizga yetarlicha zavq beradi.  Agar yangi turmush qurgan bo’lsangiz va bir-biringizga moslashishga ko’p vaqt ketayotgan bo’lsa, birgalikda egzotik mamlakatlarga yoki egzotik tabiatga ega joylarga birgalikda sayohatga chiqing. Sayohat davomida siz  o’zingiz uchun yangi dunyoni birgalikda kashf etasiz va aynan ushbu holat o’zaro moslashuvni tezlashtiradi. Munosabatlaringizda baxt va yaqinlikni qaytarishning eng yaxshi usulini taqdim etadi.

5. Siz ajoyib biznes g’oyalarini olasiz

Agar siz tadbirkor bo’lsangiz, yoki bo’lishni istasangiz va o’ziga xos boshqacha ish qilishni xohlasangiz, turli mamlakatlarga sayohat qilish sizni ko’plab biznes g’oyalar bilan xabardor qiladi. Savdo imkoniyatlari, sizga foydasi tegishi mumkin bo’lgan biznes imkoniyatlarni taqdim etadi. Agar siz kuchli kuzatuvchanlik qobilyatiga ega bo’lsangiz va odamlarga yoqadigan narsalar haqida chuqur tushunchaga ega bo’lsangiz, vataningizda biron bir mahsulot borligini, ehtimol siz ushbu mamlakatdagi odamlar bilan tanishtira olasizmi, yoki o’sha maxsulotni o’z mamlakatingizga tanishtira olasizmi bularni o’zingizcha tahlil qilishingiz mumkin bo’ladi.

Shuningdek, siz o’zingizning tashrif buyuradigan mamlakatingizdan biznes g’oyalarni olib, ularni mamlakatingizda sinab ko’rishingiz va amalga oshirishingiz mumkin. Asrlar osha biz bu holatni takrorlash evaziga taraqqiy topib kelmoqdamiz. Ko’p sayohat qilgan va dunyoning boshqa qismini ko’rgan odamlar aqlli haqiqiy ishbilarmonlardir.

6. Sizga yangi do’stlar orttirishga yordam beradi

Siz sayohat mobaynida, ayniqsa yolg’iz sayohat qilsangiz tezda ko’plab  do’stlar orttirib olasiz, chunki inson har doim sotsiallashuvga, o’zaro muloqotga intiladi.

7. Sayohat sizni yoshartiradi

Ha, siz noto’g’ri o’qimadingiz, sayohat davrida baxt garmonlarining ko’p ishlab chiqarilishi, stresslardan xalos bo’lishingiz sizdagi nerv hujayralari yosharishiga sabab bo’ladi. Oqartirish, sayr qilish yoki plyaj voleyboli kabi bo’sh vaqt va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish sizga yoshlikni qaytaradi. Sayohatdan keyin sizga kundalik yumushlarda muammolarni hal qilish uchun kuch bag’ishlaydi

8. Tabiatni sevish va insonlarni qadrlashni o’rganasiz

Tabiatga va boshqa insonlarni qadrlash sizga, qadrli bo’lish, sevimli bo’lish imkonini yaratadi. Tabiatni sevish esa uni o’z farzanlaringiz kelajagi uchun asrash hissini shakllantiradi. Deylik sayohatingiz davomida dengiz marjonlarini, dengiz osti hayotini ko’rish uchun “snorkelling” turga qo’shildingiz. Tur davomida dengiz osti go’zalligini polimer paketlar, idishlar bulg’ayotganiga, undagi jonzotlar hayotiga xavf solayotganiga duch keldingiz. O’zingiz uchun xulosa qilasiz.