Ispaniyada ingliz tili lageri (Marbella)

Ta’tilingizni O’rta yer dengizi sohilida joylashgan Marbella shahrida o’tkazing! Marbella Ispaniya janubida joylashgan Malaga viloyatidagi kurort shahar. Ispaniyaning O’rta yer dengiziga tutashadigan janubiy qirg’oqlarini ispanlar ‘Costa del Sol’ ya’ni ‘Serquyosh sohil’ deb atashadi. Marbella shahri Serquyosh sohilda joylashgan eng mashhur turistik shaharlardan biri. Aholisining soni tahminan 140 000 kishi, yil davomida bu shaharga juda ko’p turistlar tashrif buyuradi. Marbella nafaqat o’zining chiroyli sohillari bilan balki o’zining chiroyli shahar arxitekturasi va go’zal tabiati bilan odamlarni o’ziga jalb etadi.

Ta’til davomiyligi: 10 kundan boshlanadi

Tur paket to’lovi: 1800 USD dan boshlanadi

Tur paket o’z ichiga nimalar oladi:

  • O’quvchilar ta’til davomida barcha qulayliklarga ega rezidensiyaga joylashtiriladi.
  • Ertalabdan tushlikkacha ingliz tilidan saboq oladilar.
  • Tushlikdan so’ng shahar bo’ylab sayohatga chiqiladi.
  • Safar davomida 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Maktab ma’muriyati talabalarni aeroportdan kutib olib kuzatib qo’yadi.
  • Barcha sayohatlarda o’quvchilarni maktab maxsus avtomobilida olib yuradi.
  • Har kuni ajoyib va qiziqarli ekskursiyalarga chiqiladi.
  • Sug’urta to’lovi

Tur paket to’lovidan tashqari qo’shimcha to’lovlar:

Firma to’lovi: 800 000 so’m

Elchixona va viza markazi to’lovi: taxminan 1 mln 300 ming so’m

Aviabilet

Corrida musobaqa maydoni
Malaga muzeyi
Rezidensiya binosi
Ingliz tili darslari

Bu Lagerga Online Ariza Berish!